SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Шунингдек  /  XIVADA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

XIVADA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

« Назад

26.01.2024 14:50

photo_2024-01-25_17-52-31
Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari bo`yicha targ`ibot tadbirlarining navbatdagisi Xivada bo`lib o`tdi. Unda budjet siyosatining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritilganligi, 2024-yildagi soliq stavkalarining o‘zgarishlariga alohida urg`u berildi. 
photo_2024-01-25_17-52-35
2024-yil uchun qat'iy belgilangan summadagi AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilandi:
 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 25 mln so‘m;
 jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar uchun – yiliga 34 mln so‘m.

photo_2024-01-25_17-52-37  
Shuningdek, Soliq kodeksining 483-moddasi (https://lex.uz/ru/docs/-4674902#-5136253) dividendlar va foizlar shaklida daromadlar uchun soliq imtiyozlari amal qilish muddati uzaytirilgani yani 2022-yil 1-apreldan 2028-yil 31-dekabrga qadar (avval 2024-yil 31-dekabrgacha) boʻlgan davrda: 

photo_2024-01-25_17-52-40
JSHODSdan ozod qilinadi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlari; 
foyda soligʻi boʻyicha 5 % miqdorida soliq stavkasi qoʻllaniladi – Oʻzbekiston norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari boʻyicha dividendlar tarzidagi daromadlariga;
foyda soligʻi hamda JShODSdan ozod etiladi – Oʻzbekiston rezidentlari va norezidentlari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning xoʻjalik jamiyatlari obligatsiyalari boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlari.

photo_2024-01-25_17-52-42

Bundan tashqari soliq xodimlari korxona va savdo nuqtalariga borgan holda tadbirkorlarni soliq qonunchiligidagi yangilik va o‘zgarishlardan xabardor qilib, “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida faoliyatlari bilan bog‘liq  ayrim muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashishdi.
photo_2024-01-25_17-52-44