SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Шунингдек  /  TARAQQIYOT MAHALLADAN BOSHLANADI

TARAQQIYOT MAHALLADAN BOSHLANADI

« Назад

26.02.2024 10:00

photo_2024-03-01_15-36-36

Mahalla yettiligi institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini joyida o‘rganib, soliq sohasidagi o‘zgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olishda ham yaxshi tajriba bo‘lmoqda. 
Urganch tumani soliq inspeksiyasi tomonidan tashkil etilgan tizimli ishlar natijasida aylanma mablag‘ oshirilib, 500 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

photo_2024-02-27_19-46-21
Xususan tumanda 486 ta tadbirkorlik subyektining tovar aylanmasini oshirganlik hisobiga 15 mlrd 890 mln so‘mga, 148 ta korxonada 458 nafar norasmiy ishchilarni qonuniylashtirish hisobiga 57,8 mln so‘mga qo‘shimcha daromad solig‘i hisoblandi. 
Bundan tashqari faoliyat ko`rsatmasdan tashlandiq bo`lib yotgan 292 ta obyektlar aniqlanib, ularning tiklanishiga ko`mak berildi va 361 mln so‘m miqdorida mol-mulk va yer soliqlari hisoblandi. 

photo_2024-02-27_19-46-33
Aynan “Oyoqbog‘” mahallasiga biriktirilgan soliq xodimining mahallabay ishlash tizimidagi dastlabki natijalariga ko‘ra, 90 mln 600 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha soliqlar hisoblandi. Dastlabki davrda 41 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyati qonuniylashtirildi va xatlov natijasida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ta tadbirkorlik subyektlari yangidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shuningdek, mahalla yettiligi bilan birgalikda 31 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilib dastlabki tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborishdi.

photo_2024-02-27_19-46-34