SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Шунингдек  /  TADBIRKORLARGA SOLIQ VA BUDJET SIYOSATIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR TUSHUNTIRILDI

TADBIRKORLARGA SOLIQ VA BUDJET SIYOSATIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR TUSHUNTIRILDI

« Назад

20.01.2024 09:12

photo_2024-01-19_16-29-10

   Soliq tizimida olib borilayotgan izchil islohotlarning bari iqtisodiyotimizning yanada rivojlanishi, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 2024-yil 1-yanvardan amaliyotga tadbiq etilayotgan soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar zamirida ham ana shunday maqsadlar mujassam. 

photo_2024-01-19_17-31-33
      Urganch shahrida soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.   

photo_2024-01-19_16-29-30
       - Har yil so‘ngida keyingi yil budjet rejalari va ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. 2024-yil uchun ham soliq va budjet siyosatida katta o‘zgarishlar bo‘lib, Soliq kodeksining 46 ta moddasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi, - dedi viloyat soliq boshqarmasi soliq solish bo‘yicha maslahat sho‘basi boshlig‘i Asqarjon Aliyev. – Soliq kodeksining 467-moddasidagi aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summada to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq belgilangan stavkalari jami daromadlari besh yuz million so‘mdan oshmagan soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi 20 mln so‘mdan 25 mln so‘mga, jami daromadlari besh yuz million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi 30 mln so‘mdan 34 mln so‘mga o‘zgartirildi. 

photo_2024-01-19_17-31-35

photo_2024-01-19_16-29-14

    Shuningdek, jismoniy shaxslarning jami daromadlariga kiritilmaydigan daromadlar to‘g‘risidagi 369-moddasi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi, ya’ni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida yoki tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida yuz million so‘mdan oshgan kundan e’tiboran yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. 

     Tadbirda Soliq kodeksiga kiritilgan har bir o‘zgartish va qo‘shimchalar misollar orqali tushuntirildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan ushbu seminarda tdbirkorlik sub’ektlari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 

Viloyat soliq boshqarmasi Matbuot xizmati