SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Шунингдек  /  MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINING DASTLABKI NATIJALARI

MAHALLABAY ISHLASH TIZIMINING DASTLABKI NATIJALARI

« Назад

25.03.2024 00:00

photo_2024-02-27_09-07-21

Ayni paytda Xorazm viloyatidagi 531 ta mahallaga 244 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan boʻlib, ular zimmasiga norasmiy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, oʻzini oʻzi band qilganlarga kichik biznes toifasiga oʻtishga koʻmaklashish hamda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali ularning faoliyatini kengaytirish va daromadlarini oshirish hisobiga soliq bazasini koʻpaytirish yuklatilgan.

“Mahalla yettiligi” institutining shakllanishi orqali soliq inspektorlari mahalladagi har bir soliq toʻlovchi xonadoniga kirib bormoqda, tadbirkorlik subyekti bilan uchrashib, uning muammosini oʻrganyapti, soliq sohasidagi oʻzgarishlarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldi olinmoqda.

Viloyatda oʻtgan qisqa vaqt davomida 20-30 foiz imkoniyatni ishga tushirish orqali aylanma mablagʻ oshirilib, 4 724 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Mahallabay ishlash tizimining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi natijasida joriy yilning yanvar-fevral oylarida 4 749 ta tadbirkorlik subyektining tovar aylanmasi 178 mlrd 500 mln soʻmga ortishiga erishildi. Buning natijasida mahallalarda qoʻshimcha 8 mlrd 400 mln soʻm miqdorida aylanmadan olinadigan soliq hisoblandi.

Shuningdek, soliq inspektorining mahallalardagi oʻrganishlari orqali 2 657 ta korxonada faoliyat koʻrsatayotgan 4 724 nafar xodimning norasmiy faoliyati qonuniylashtirildi, buning hisobiga 27 mlrd 400 mln soʻm mehnatga haq toʻlash fondiga va 3 mlrd 300 mln soʻm miqdordagi mablagʻlar qoʻshimcha daromad soligʻi uchun hisoblandi. 

Bundan tashqari, faoliyat koʻrsatmasdan tashlandiq boʻlib yotgan 1 768 ta obyekt aniqlanib, ularning qayta faoliyat koʻrsatilishiga koʻmak berildi va 2 mlrd 200 mln soʻm miqdorida soliq hisoblandi. Buning 800 mln soʻmi mol-mulk soligʻi, 1 mlrd 400 mln soʻmi yer soligʻiga toʻgʻri keladi. Hududlardagi soliq xodimlarining mahallaga tushib ishlashi natijasida 13 mlrd 900 mln soʻm qoʻshimcha soliqlar hisoblandi.

Xususan, Xiva tumani soliq inspeksiyasida ham 34 ta mahallaga 24 nafar soliq xodimlari biriktirilgan boʻlib, mahallabay tizimning tashkil qilinishi hisobiga 794 mln 200 ming soʻm miqdorida qoʻshimcha soliqlar hisoblandi.

Aynan Xiva tumanidagi “Istiqlol” va “Xorvuz” mahallalariga biriktirilgan soliq xodimi Muxiddin Otanazarovning “mahallabay” ishlash tizimidagi dastlabki natijalariga koʻra, tadbirkorlik subyektlari mahallaga biriktirilgan xodimlarning koʻmagi hisobiga 102 mln 100 ming soʻm miqdorida tovar aylanmaga erishdilar. Dastlabki davrda 86 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati qonuniylashtirildi va xatlov natijasida noqonuniy faoliyat koʻrsatayotgan 10 ta tadbirkorlik subyekti yangidan roʻyxatdan oʻtkazildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan birgalikda 28 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilib, dastlabki tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborishdi. Mahallabay tizimning yaratilishi natijasida 29 mln 300 ming soʻm miqdoridaga mablagʻlar qoʻshimcha hisoblandi. Mahallaga biriktirilgan xodimning samaradorlik koʻrsatkichi 90,2 foizni tashkil qilgani uchun unga qoʻshimcha ragʻbat sifatida oylik maoshiga 50 foiz ustama berildi.

Samaradorlik koʻrsatkichining dastlabki natijalariga koʻra, Xorazm viloyatida 95 va undan yuqori ball olgan 53 nafar xodimga 100 foiz, 90-95 ball toʻplagan 39 nafar xodimga 50 foiz miqdorida ustama berildi.

Soliq organlarida KPI tizimining joriy qilinishi shaffoflikni taʼminlamoqda, asosiysi halol mehnat qilgan xodimning erishayotgan natijalariga qarab ragʻbatlantirib borilishi, adolatli tizim shakllanganidan xabar bermoqda.

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati