SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Шунингдек  /  CHAROG'ON DAVRALARDA

CHAROG'ON DAVRALARDA

« Назад

10.01.2024 08:30

DSC_0396

Tumandagi 9-son umumiy o'rta ta'lim maktabi jamoasi ham bayramni munosib ku-tib oldi. Maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Nodira Matrasulova rahbarligidagi 1“E”-sinf o'quvchilari to'rt oy mobaynida “Alifbo”ni o'rganishga bag'ishlangan kechani ustoz-murabbiylari va ota-onalari ishtirokida nishonlashdi.
Ilk maktabga borib, Prezident sovg'asini qabul qilib olgan va bugungi kunda dars mashg'ulotlarida faol qatnashayotgani, shuningdek, zamonamizning eng baxtiyor yoshlari ekanliklarini tillaridan burro-burro taralgan she'rlar va kuy-qo'shiqlarda ifoda etishdi.
Davrada namoyish qilingan “O'quvchi qasamyodi”, “Onamga maktub” kabi sahna ko'rinishlari barchaga manzur bo'ldi. Yangi yil shodiyonalariga ulanib ketgan ushbu kechada ota-onalar hamda mehmonlar tomonidan samimiy dil izhorlari bildirilib, o'quvchilarga bayram sovg'alari ulashildi.
D.BOZORBOYEV.
* * *
Suratda: Yangi yil bayrami arafasida 9-son maktabda o'tkazilgan shodiyonalardan lavha aks ettirilgan.
Muallif olgan surat.