SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Маданият ва спорт  /  USTOZ SHOGIRDLARI SHOHSUPADA!

USTOZ SHOGIRDLARI SHOHSUPADA!

« Назад

10.01.2024 08:27

200-100-1-

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beshta muhim tashabbus ilgari surilganiga besh yil to'lmoqda. Uzoqni ko'zlab hayotga tadbiq etilgan xayrli ushbu tashabbuslarning turli yo'nalishlarida har doimgidek, kelajagimiz egalari hisoblangan o'g'il-qizlar o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishmoqda. Bunda esa ularga ta'lim muassasalarida yaratilayotgan zarur shart-sharoitlar hamda tajribali ustoz murabbiylarning bilim va mahoratlari asqotmoqda.
Xiva shahridagi 17-son umumta'lim maktabida ham bu borada e'tirof etsa arzigulik yutuq va muvafaqqiyatlar bisyor. Avvalo, bunda maktabning jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi, ko'p yillik tajribaga ega ustoz-pedagog Alisher Bekchanov o'z o'quvchilariga sog'lom turmush tarzi sport bilan shug'ullanish orqali to'g'ri yo'lga qo'yilishi, jismoniy chiniqqan inson tetik va ulkan marralarga erishishini mashg'ulotlar davomida o'rgatib kelmoqda. 
Maktab o'quvchilari jamoasi shahrimiz va viloyatimizda bo'lib o'tgan turli musobaqalar, chempionat va sport o'yinlarida ishtirok etib, faxrli o'rinlarga sazovor bo'ldilar.
Maktabning 8-sinf o'quvchilaridan Farrux Allaquliyev, Ibodulla O'ktamov, Egambergan Egamberganov, Dostonbek Rustamov, Mardonbek Shonazarov, Amirbek Maqsudovlar sportning voleybol turi bo'yicha musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritdilar. Shuningdek, stol tennisi bahslarida ishtirok etgan Shaxnoza Davlatnazarova 1-o'rin va Oybek Komiljonov 2-o'rinni egallashdi. Futbol musobaqalarida ham maktab o'quvchilari jamoasi peshqadam bo'lishdi. 
Shahrimizda sportni sevadigan, adabiyotga mehri baland, axborot texnologiyalarning bilimdoniga aylanayotgan iqtidorli yoshlar yana qancha. O'ylaymizki, yangi yilda ham besh tashabbus ko'plab iste'dodlarni kashf etadi.

Dilmurod MASHARIPOV, 
“Xiva tongi” muxbiri.