SHU KO'HNA ZAMINDA TUG'ILISH,

YASHASH-BAXT!

+998 62 377 46 54

220900 Хива шаҳри

Марказ-1.  4-уй.

“XIVA TONGI” нашриёт уйи

Главная  /  Иқтисод  /  BARQARORLIK REYTINGI

BARQARORLIK REYTINGI

« Назад

27.02.2024 12:00

photo_2024-03-01_15-44-28

Xorazm viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Xiva shahridagi biznes vakillariga barqarorlik reytingi hamda yuqori ko‘rsatgichga erishish mezonlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Asosiy maqsad – yuqori, o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik sub’ektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berishga qaratildi.

"Mamasharip hoji bobo"  oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib maslahatlar berildi. 
Faoliyat turi umumiy ovqatlanishga mo‘ljallangan "Mamasharip hoji bobo"  korxonasi barqarorlik reytingida o‘rta toifada ekanligi sababli uning rahbari va mas’ullariga reyting doirasida yuqori ballga erishish uchun kerakli maslahatlar berildi.

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblash uchun 23 ta mezon, jumladan 10 umumiy, 9 ta kamaytiruvchi va 4 ta rag‘batlantiruvchi mezonlar qo‘llanadi. Bu korxonaning faoliyat davri, rentabellik darajasi, ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasining mavjudligi, xodimlar ish haqi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.